Genomika va Biyoinfarmatika markazning Birinchi toifali mutahassis Azimov A. A. gentika va seleksiya masalalariga matimatik usullarni qo'llash mavzusida  hamda MAS seleksiyada korrelyasiyon taxlil usuluni qo'llash xaqidagi avtorlar kollektivi tayeorlagan maqola muhokamasi bo'yicha  seminar berdi. 

           Фото Азимова А.А.

MAS USULI ASOSIDA YaRATILGAN G‘O‘ZANING BA’ZI BEKKROSS KOMBINATSIYaLARIDA TOLA SIFAT KO‘RSATKIChLARINING STATISTIK TAHLILI.

A.A. Azimov, F.N. Kushanov, M.M.Darmanov, I.B. Salaxutdinov, 
I.Yu. Abduraxmonov.

    Ob'yektiv mavjud hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish va ular ustida tadqiqotlar olib borish ilm-fanda, xususan biologiya va genetika sohalarida muhim rol o‘ynaydi. Buning natijasida esa biologik jarayonlarning o‘zaro sabab va oqibat tarzida kechadigan murakkab mexanizmlarini chuqurroq anglash imkoniyati paydo bo‘ladi.

   Hozirda, jahon bozorida raqobatbardosh paxta tolasiga bo‘lgan ehtiyoj juda yuqori darajada bo‘lganligi sababli, tola sifati avvalgilarinikidan yuqori bo‘lgan g‘o‘za navlarini yaratish selektsioner olimlar oldida turgan davlat ahamiyatiga molik, strategik dolbzarb masalaga aylandi. Bunday masalalarni zamonaviy kompyuter texnikasi va unga kerakli dasturiy ta’minotlardan, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullaridan, Respublikamiz va dunyo bo‘yicha genomika sohasida to‘plangan informatsiyalar va ma’lumotlar bazalaridan, biologiya, genetika va selektsiyaning eng so‘nggi yutuqlaridan birgalikda qo‘llamasdan yechishning iloji yo‘q.

    So‘nggi yillarda Genomika va bioinformatika markazida markerlarga asoslangan selektsiya (MAS) usuli yordamida yaratilayotgan yangi g‘o‘za navlari tola sifat ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga donor sifatida foydalanilgan liniyaning qay darajada ta’sir etganligini aniqlash masalasi selektsiyaning ba’zi muammolarini hal qilishda ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

    Seminarda korrelyatsion taxlil usulini kullash natijasida olingan jadvallar, diagrammalar va grafiklar muxokama kilindi va natijalar sharxi va xulosalar kupchilik katnashchilar tomonidan ma’kullandi. 

http://uz.genomics.uz/news/news_post/yangilik-51

23.03.2017     22012